Shavkat Mirziyoyev dushanba kuni DXX akademiyasi va Temurbeklar maktabi, Geologiya fanlari universiteti, «Yangi O‘zbekiston» universiteti, Toshkent Arxitektura-qurilish instituti uchun yangi bino qurilishi hamda Markaziy harbiy klinik gospitalida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishdi.
«Avvaldan e’tibor berganimizda, geologiyaning hamma yo‘nalishlari bo‘yicha 15−20 foiz aholini ish bilan ta’minlashimiz mumkin edi», — dedi prezident poytaxtdagi Geologiya fanlari universiteti qurilishiga tashrif buyurganida.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting